O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

  • 27 oktabr, 2023, 20:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov Rossiya terma jamoasi bilan revansh jangi o‘tkazish imkoniyati haqida gapirdi.

"Biz RFU bilan hamkorlik qilyapmiz, ammo javob o‘yini uchun hali muzokaralar olib bormadik. Shu yilning noyabr oyida o‘yin o‘tkazishning iloji yo‘q - terma jamoamizning JCh-2026 saralash o‘yinlari bor. Ammo kelasi yil FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinlari uchun raqiblar qidiramiz.

Rossiya terma jamoasi bilan javob o‘yini bo‘lishi mumkin va O‘zbekiston javob o‘yinini Moskva yoki Rossiyaning boshqa shahrida o‘tkazishga qarshi emas. Shuningdek, Rossiya tomoni bilan U17 terma jamoalari uchun javob o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etish borasida ham gaplashamiz", - deya Ahmedovning so‘zlarini keltiradi "Sport24" nashri.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari Toshkentda to‘qnash kelib, golsiz durang qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nodirjon Madaminov
27/10/2023 20:57
Past ketmanglar iltimos. Rossiya bizni darajamizdagi jamoa emas. Hamma ular bilan o'yindan qochyapti. Yevropaning kuchli jamoalari bilan o'yin tashkil qilish kerak. Rossiya esa Zanzibar, Nikaragua, Eritreya kabi jamoalar bilan o'ynab yuraversin.