
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bugun yig‘inga kirishadi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.
Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Azamat Abduraimov shogirdlari bugun Toshkentda yig‘inga kirishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘in oldidan Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-16 terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan uchrashib, terma jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalar, bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik holati va boshqa masalalar bo‘yicha suhbatlashdi.
Shuni ta’kidlash zarurki, yig‘in davomida terma jamoamiz a’zolari Xo‘jand shahrida Tojikiston U-16 terma jamoasiga qarshi 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgan. O‘rtoqlik o‘yinlari 21 va 23 iyung kunlariga mo‘ljallangan.
Azamat Abduraimov mazkur yig‘inga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:
Darvozabonlar:
Qorjovov Asadbek (Navoiy BO‘FM)
Parmonov Beknur («Nasaf»)
Kenjaev Asror («Spartak»)
Himoyachilar:
Poyonov Sunnatilla («Paxtakor»)
Toshkenboev Azizjon («Lokomotiv»)
Pogosyan Vazgen («Paxtakor»)
Alloxodjaev Maqsud («Lokomotiv»)
Todorov Kirill («Paxtakor»)
Muydinov Bobur (NIOZMI)
Yulbarsov Elyor («Nasaf»)
To‘xtasinov Tohir («Bunyodkor»)
Yarim himoyachilar:
Pazildinov Muhriddin («Paxtakor»)
Husanov Abduqodir («Bunyodkor»)
Xayrullaev Alisher («Nasaf»)
Beglarxanov Asad («Paxtakor»)
Islomov Rian («Neftchi»)
Abdurazzoqov Nodir (ChOZK)
Jumaxanov Po‘lat («Paxtakor»)
Rahimov Sardor («Spartak»)
Ubaydullaev Jasur («Nasaf»)
Hujumchilar:
Usmonov Muhammadali («Paxtakor»)
Turdimurodov Rustam («Paxtakor»)
Akramov Shahzod («Nasaf»)
Rahmatov Obloyor («Neftchi»)
Tohirov Joys («Lokomotiv»)
Fikrlar