O‘zbekiston U-20 jamoasiga raqiblik qiladigan terma bosh murabbiyi guruhdoshlari haqida etarlicha ma’lumotga ega!

  • 28 fevral, 2023, 17:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi start oladi. "A" guruhi ishtirokchilari Indoneziya va Iroq terma jamoalari ilk turda o‘zaro bellashadi. Guruhning yana bir o‘yini O‘zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Ushbu uchrashuvlar oldidan Iroq yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Amad Muhammad bellashuvdan oldin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Avvalo, biz Jahon chempionatiga chiqishni istaymiz. Biz bu musobaqani 5 marta yutganmiz. Oxirgi chempionlik qo‘lga kiritilganda, men hali futbolchi edim. Shunday ekan, turnirni murabbiy sifatida yutishni ham xohlayman.

Ilk o‘yin juda qiyin bo‘ladi. Sababi, bu ochilish uchrashuvi. Guruhimiz qiyin, bilaman. Shunga qaramay,  raqiblarimiz haqida etarlicha ma’lumotga egamiz.

Indoneziyaning bu jamoasi oxirgi yillarda keskin o‘sishga erishdi. Bu bahsga ehtiyotkorlik bilan tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Albatta, 3 ochko uchun maydonga tushamiz. 

Yigitlarga yordamga muhtoj. Ularni qo‘llab-quvvatlash lozim. Ishonchim komil, biz Vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytamiz!", - dedi mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!