O‘zbekiston U23 terma jamoasining ikki futbolchisi klub ixtiyoriga jo‘nab ketdi

  • 30 aprel, 2024, 16:07
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Legionerlarimiz Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov o‘z klublari ixtiyoriga jo‘nab ketmoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Bilasiz, O‘FA Qatar maydonlarida o‘tayotgan U23 Osiyo kubogida barcha legionerlarimizni terma jamoamizga jalb etishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Xususan, Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinovning klublari bilan asosiy vazifaga qadar — Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Shu sababli, ushbu ikki futbolchi o‘z jamoalari tarkibidagi navbatdagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun klublari safiga yo‘l olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. ...
30/04/2024 17:05
Шунисига хам катта рахмат кулбларига хам футболчиларга хам
Дилшод Xaмзаев
30/04/2024 22:47
Финалга қолиш керак эдида.бир сафда туриб чемпионликни нишонлаш бошқача.майли рахмат шунисигаям