O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi dunyo boksi e’tiborida!

  • 22.09.2026 17:39
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dunyoning eng nufuzli boks nashrlaridan biri — “The Ring Magazine” o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida o‘zbekistonlik iste’dodli bokschi Javohir Ummataliyev haqida post e’lon qildi.

Nashr o‘z sahifasida Ummataliyevning amerikalik jahon chempioni Shakur Stevenson bilan AQShdagi mashhur “Mayweather Boxing Gym” zalida mashg‘ulot va sparring jarayonidagi kadrlarini ulashdi.

Postda Javohir Ummataliyev yuqori baholanyotgan o‘zbekistonlik istiqbolli bokschi sifatida tilga olingan.

Bunday e’tibor Javohir Ummataliyevning xalqaro boks maydonidagi faoliyati va salohiyatiga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!