O‘zbekistonlik bokschi jang o‘tkazmasdan keyingi bosqichga yo‘l oldi

  • 09.05.2023 13:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. 

Kun doirasidan o‘zbekistonlik bokschilarning janglari ham o‘rin olgan. Bugun Toshkent vaqti bilan tahminan 14:55 o‘tkazilishi kerak bo‘lgan -71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarovning Gabriel Llanosga (Puerto-Riko) qarshi jangi o‘tkazilmadi.

Noma’lum sabablarga ko‘ra Gabriel Llanos ringga chiqa olmaydi (u vazn qila olmagan yoki qandaydir jarohat). Endi Saidjamshid Jafarov jang o‘tkazmay keyingi bosqichga yo‘l oldi. Hamyurtimiz ertaga chorak finalda jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!