
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Buyuk Britaniya promousheni bilan shartnoma imzoladi
MMA jangchisi Sirojiddin Eshonboev (18-9) navbatdagi jangini yanvar oyida o‘tkazishi mumkin. Hamyurtimiz Buyuk Britaniyaning “Triad” promouterlik kompaniyasi hamda UFL promousheni bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, shartnoma uchta jangga tuzildi va dastlabkisini 23 yanvar kuni tashkillashtirishga kelishib olingan. Yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, mazkur uchta jangni bir yilda o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, yurtdoshimiz yarim engil vazn( 61-66 kg) toifasida oktagonga ko‘tariladi. U faoliyati mobaynida “Alash prayd”, WEF, GFC kabi promoushenlarda o‘z janglarini o‘tkazgan.
Fikrlar