
O‘zbekistonlik "oq Tayson" Beterbiev-Bivol jangida kim g‘olib bo‘lganligini aytdi!
Xabaringiz bor, professional boksning yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev ringga ko‘trilishdi. Yakunda Beterbiev ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Natija adolatsiz bo‘lganligi, kamida durang qayd etilishi yoki Bivolning g‘alabasini e’tirof etganlar ham ko‘pchilikni tashkil etdi. Ushbu qarama-qarshilik borasida boksimiz afsonasi Ruslan Chagaev Sports.uz muxbiriga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Jang qiziqarli kechdi. Dastlabki raundlarda Bivol yaxshi harakat qildi. Biroq, jangning ikkinchi yarmida Beterbiev qo‘sha oldi. Bivolda esa passivlik kuzatildi. Ko‘rgan bo‘lsangiz Beterbiev ko‘proq harakat qildi. Ko‘proq zarbalar berdi va eng asosiysi yakuniy raundlarni ham o‘ziniki qilib oldi. Mening hisobimda raundlar bo‘yicha 7:5 Beterbiev oldi. Natija menimcha adolatli bo‘ldi.
Fikrlar