O‘zbekistonning eng qimmat ikki nafar legioneri “Navbahor”da!

  • 13 dekabr, 2021, 09:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" jamoasi kecha serbiyalik 29 yoshli tajribali yarim himoyachi Yovan Jokich bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, Germaniyaning mashhur Transfermarkt sayti talqiniga ko‘ra, Jokich Superligadagi eng qimmat legioner hisoblanadi. Sayt ijodkorlarining talqiniga ko‘ra, Yovanning transfer narxi 750 ming evroni tashkil etadi.

E’tiborlisi, Transfermarkt`ning Superligamizdagi eng qimmat xorijlik futbolchilari ro‘yxatida 2-o‘rinni “lochinlar”ning tojikistonlik 22 yoshli yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe egallab turibdi – 600 ming evro.

Uchinchi o‘rinda esa Superligada so‘nggi 3 yildan buyon to‘purarlikni hech kimga bermay kelayotgan “Paxtakor”ning serbiyalik 34 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Dragan Cheran bormoqda – 550 ming evro.

Demak, yangi mavsumda “lochinlar” tarkibida Superliganing eng qimmat 2 nafar legioneri o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!