
Para dzyudo terma jamoamiz 38 ta davlat ishtirok etgan Gran-Prida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi
25-26 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida para dzyudo bo‘yicha "Tokio-2020" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi xalqaro Gran-Pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning dastlabki kunida 5 ta medalga sazovor bo‘lgan para dzyudochilarimiz ikkinchi kuni 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida Davurxon Karomatov va +100 kg vazn toifasida Shirin Sharipov oltin, -100 kg vazn toifasida Sulaymon Alaev hamda Sharif Halilov bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Gran-Pri yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston para dzyudo terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medlari bilan 38 ta mamlakat orasida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda ayollar o‘rtasida -48 kg vazn toifasida Lobar Hurramova, -52 kg vazn toifasida Sevinch Salaeva, -57 kg vazn toifasida Parvina Samandarova, erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov, -66 kg vazn toifasida O‘tkir Negmatov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida tatamiga ko‘tarilgan yana bir para dzyudochimiz Uchqun Quranbaev bronza medalna sazovor bo‘ldi.
Fikrlar