Paradoks! "Milan" 27 fevraldan buyon faqat ikki uchrashuvda g‘alaba qozondi, ikkisida ham bir jamoa taslim etilgan

  • 15 aprel, 2023, 20:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 30-turidan o‘rin olgan. "Bolonya" - "Milan" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, 1-daqiqada Sanson hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Pobega muvozanatni tikladi. 

Qayd etish lozim, Milan shahri klubi oxirgi 9 o‘yinning faqatgina 2 tasida g‘alaba qozongan. Qiziqarli tomoni shundaki, ularning har ikkisida ham "Napoli" taslim etilgan. 

Klub A Seriyada so‘nggi 6 bellashuvning 2 tasida mag‘lub bo‘lgan va 3 tasida durang o‘ynagan. Faqatgina bir o‘yinda "Napoli" 4:0 hisobida taslim etilgan. 

Ayni vaqtda Pioli shogirdlari 53 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi. Xuddi shuncha ochkoga ega "Roma" "Milan"dan bitta kam o‘yin o‘tkazgan. 

photo_2023-04-15_20-00-39

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!