Paradzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

  • 5 dekabr, 2020, 01:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida dzyudo va paradzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Mamlakat chempionatining birinchi kungi bellashuvlarini paradzyudochilar boshlab berishdi. Bugun paradzyudo bahslarida erkaklar o‘rtasida -60, -66 kg, ayollarda esa -48 va -52 kg vazn toifalarida chempion hamda sovrindorlar aniqlandi.

Bugungi bahslar yakuniga ko‘ra Fazliddin Odilov (Andijon), Jasur Saidibragimov (Toshkent shahri), Zulayho Rajabova (Xorazm) va Dilrabo Kuzieva o‘z vaznlarida 2020 yilgi O‘zbekiston chempioniga aylanishdi. 

Bugungi g‘olib va sovrindorlar:

Erkaklar. -60 kg vazn toifasi

  1. Fazliddin Odilov (Andijon)
  2. Jobir Rustamov (Buxoro)
  3. Izzat Orifjonov (Andijon)
  4. G‘anisher Niyozov (Toshkent shahri)

Erkaklar. -66 kg vazn toifasi

  1. Jasur Saidibragimov (Toshkent shahri)
  2. Diyorbek Akramov (Toshkent shahri)
  3. Asadbek Rahmonov (Surxondaryo)
  4. Behzod Toshpo‘latov (Navoiy)

Ayollar. -48 kg vazn toifasi

  1. Zulayho Rajabova (Xorazm)
  2. Lobar Hurramova (Surxondaryo)
  3. Marjona Saidova (Samarqand)

Ayollar. -52 kg vazn toifasi

  1. Dilrabo Kuzieva (Xorazm)
  2. Sabina Xotamova (Navoiy)

Ma’lumot uchun, ertaga O‘zbekiston chempionatining ikkinchi kuni paradzyudochilar o‘rtasida yana 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Erkaklar -73, -81, -90 kg, ayollar esa -57 hamda -63 kg vaznlarda tatamiga chiqishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!