Paradzyudochi qizlarimiz xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda

  • 23 yanvar, 2020, 16:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

Bosh murabbiylar Shamsiddin Saidov va Alfiya Ibragimova murabbiyligi ostida 15 nafar dzyudochimiz kuniga ikki mahaldan shug‘ullanishmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ayni kunlarda paradzyudochi qizlarimiz Qozog‘istondan tashrif buyurgan sportchilar bilan birgalikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishmoqda. Hafta avvalida start olgan mashg‘ulotlarda murabbiylar asosan texnik-taktik mashqlarga urg‘u bermoqda.

Shuningdek, paradzyudochilarimiz uchun mart oyida Tokio shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi Jahon reytingiga ko‘ra 8 nafar paradzyudochimiz 2020 yilgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish arafasida turibdi. Hamyurtlarimiz aprel va may oylarida bo‘ladigan Nottingem va Baku gran-prilarida Tokio-2020 yo‘llanmasi uchun muhim reyting ochkolarini jamg‘arish uchun kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!