
Paradzyudochilarimiz Osiyo va Okeaniya chempionatining ilk kunida 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Avval xabar berganimizdek, bugun Qozog‘istonning Atirau shahrida paradzyudo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionatiga start berildi.
Avstraliya, Xitoy, Indoneziya, Hindiston, Eron, Yaponiya, J.Koreya kabi 13 ta davlatdan tashrif buyurgan paradzyudochilar bellashayotgan ushbu musobaqada O‘zbekiston paradzyudo terma jamoasi 11 kishilik tarkib bilan ishtirok etmoqda.
Dastlabki kungi bahslar o‘zbekistonlik paradzyudochilar uchun omadli keldi. Xususan, paralimpiada chempioni Sherzod Namozov -60 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -73 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Feruz Saidov turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida Sevinch Salaeva (-52 kg) va Parvina Samandarova (-57 kg) o‘z vazn toifalarida barcha raqibalarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. -75 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan yana bir hamyurtimiz Lobar Xurramova esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Paradzyudo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati.
Atirau shahri, Qozog‘iston
Erkaklar:
-60 kg: Sherzod Namozov – oltin medal
-73 kg: Feruz Saidov – bronza medal
Ayollar:
-52 kg: Sevinch Salaeva – oltin medal
-57 kg: Parvina Samandarova – oltin medal
-48 kg: Lobar Xurramova – kumush medal
Fikrlar