Paralimpiya. Para dzyudochilarimiz jahon chempionatiga tayyorgarlikni faol olib borishmoqda

  • 13 sentabr, 2022, 21:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

Yangilangan tarkib bilan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rayotgan para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ayni damda Milliy paralimpiya qo‘mitasi sport bazasida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.

“Hozirda oldimizda juda ham mas’uliyatli musobaqa kutib turibdi. 6-10 noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Ushbu dunyo birinchiligiga tayyorgarlikning dastlabki bosqichini tog‘ yon bag‘rlarida joylashgan “Shirinbuloq” sport bazasida olib bordik. Mana endi tayyorgarlikning 2- va 3-bosqichlari poytaxtimizdagi Milliy paralimpiya qo‘mitasi sport bazasida o‘tkazilmoqda. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida jami 39 nafar sportchi va 11 nafar trener ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar kuniga 2 mahaldan olib borilmoqda. O‘z navbatida yaratib berilgan bunday sharoitlar uchun muhtaram Prezidentimizga va qo‘mita rahbariyatiga o‘z minnadorchiligimni bildiraman”, - dedi O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Ommaviy va texnik sport turlari klubi raxbari Farhod To‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!