Paralimpiya qo‘mitasiga rais o‘rinbosari va Bosh kotib saylandi

  • 3 noyabr, 2021, 16:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun 3 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari Bosh Assambleya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Tashxodjaev, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, xodimlari, trenerlari va viloyat bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishni O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Sh.Mo‘minjonov olib bordi.

Tecno

8_4

Bosh Assambleya yig‘ilishini O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan birinchi masala – joriy yilning 28 noyabridan 8 dekabriga qadar Bahrayn davlatida o‘tkaziladigan Yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish va 2022 yil Xitoyning Xanjchou shahrida bo‘lib o‘tadigan Para Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi O.Gafurov so‘zga chiqdi.

5_8

Shundan so‘ng, tashkiliy masalalar (qo‘mita rais o‘rinbosari, Bosh kotib va ijroiya qo‘mita a’zolarini qaytadan saylash) ko‘rib chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga Sharifjon Momindjanov nomzodi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimiga Omon Gafurov nomzodi ovozga qo‘yildi. Har ikkala nomzod ham delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!