
Paralimpiya. Qudratullaxon Ma’rufxo‘jaev Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilayotgan para engil atletika bo‘yicha Jahon chempionatidan navbatdagi xushxabar!
Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Qudratullaxon Ma’rufxo‘jaev 15.68 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratullaxon Ma’rufxo‘jaev 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 14.69 metr natija bilan kumush medal hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.
Kunduzgi dasturda ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida boshqa bir hamyurtimiz Kubaro Hakimova kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.
Bugungi bellashuvlardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar