
Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi haqida qiziqarli faktlar
Xabaringiz bor, joriy yilning 28 avgust - 8 sentyabr kunlari Frantsiya poytaxti Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Quyida ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasiga oid qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz:
-Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik 65 nafar sportchi Paralimpiya o‘yinlariga 113 ta litsenziya qo‘lga kiritdi;
-65 nafar litsenziantning 29 nafari, ya’ni 45 foizi ayol sportchilar hisoblanadi;
-O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixida ilk bor Paralimpiya o‘yinlarida 9 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etadi;
-Tarixda ilk bor O‘zbekiston delegatsiyasi para velosport bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi;
-O‘zbekiston delegatsiyasining eng yosh sportchisi Shaxina Yigitalieva (para engil atletika) bo‘lib, 2008 yil 19 oktyabr kuni tug‘ilgan;
-O‘zbekiston delegatsiyasining eng yoshi katta sportchisi Server Ibragimov (para o‘q otish) bo‘lib, 1978 yil 28 noyabr kuni tug‘ilgan;
-Para taekvondo bo‘yicha tarixda ilk bor 5 nafar sportchimiz Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya oldi;
-Para pauerlifting bo‘yicha tarixda ilk bor 8 nafar sportchimiz Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya oldi;
-Para kanoe bo‘yicha tarixda ilk bor 6 nafar sportchimiz Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya oldi.
Fikrlar