
"Paxtakor" - "Mash’al" o‘yinlarida eng ko‘p gol urgan futbolchilar kimlar?
Xabaringiz bor, bugun Superliganing 2-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Mash’al"ni qabul qiladi. Ushbu bellashuv arafasida "sherlar" matbuot xizmati o‘zaro o‘yinlarda ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Besh nafar futbolchi "Mash’al" darvozasini 5 martadan ishg‘ol qilishga erishgan. Aleksandr Geynrix, Shahboz Erkinov, Server Jeparov, Anvar Soliev va Igor Sergeev hisobida 5tadan gol mavjud. Ravshan Bozorov esa har ikki jamoa tarkibida to‘p kiritgan. Uning gollari soni 4tani tashkil qiladi. Gochguli Gochguliev, Leonid Koshelev va Zayniddin Tojiev esa 3 martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. "Mash’al"dan Viktor Klishin va Rustam Qodirov ikkitadan gol muallifiga aylangan.
O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari:
5 - Aleksandr Geynrix, Shahboz Erkinov, Server Jeparov, Anvar Soliev.
4 - Ravshan Bozorov.
3 - Gochguli Gochguliev, Leonid Koshelev, Zayniddin Tojiev, Odil Ahmedov.
Fikrlar