
"Paxtakor", "Navbahor" yoki "Nasaf". Hamrobekovning oldida uchta yo‘l bor
Ayni damda erkin agent bo‘lib turgan Odil Hamrobekovning kelajagi ko‘pchilik uchun qiziq. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning o‘z telegram kanalida ma’lum qilishicha, 27 yoshli yarim himoyachining oldidan uchta zo‘r variant bor.
"Odil Xamrobekov "Paxtakor", "Nasaf" va " Navbahor" uchburchagiga tushib qoldi. "Sherlar" "Elit Liga" oldidan Odilni yo‘qotishni istamayapti.
Narigi tomonda Berdiev (Bu yil legionerlardan ko‘ra ko‘proq sobiq nasafchilarga ko‘z tikkan) Hamrobekovni aytgan maoshini berishga tayyor. Futbolchi o‘yin uslibi jihatdan ham "Nasaf"ga juda mos keladi.
Bundan tashqari "Navbahor" markazni kuchaytirishga (Jokichni "Navbahor"na ketib qolish ehtimoli yuqori) jiddiy kirishgan. "Lochinlar" muzokarani (Samvel Babayan bu borada benazir) birinchi qismini boshlagan ham.
Qisqasi, Xamrobekov bu transfer oynasining eng katta nishoniga aylandi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar