"Paxtakor" barcha jihatlar bo‘yicha Superligada etakchi

  • 09.11.2020 17:13
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" ushbu mavsumda turli statistik ko‘rsatkichlar borasida Superligada yaqqol etakchi bo‘lib turibdi. Klub matbuot xizmati "sherlar"ning ishtiroki borasida statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Jamoalar va futbolchilar harakatlarini tahlil qilib boruvchi "Instat" kompaniyasi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, "Paxtakor" Superligada hisoblangan 12 jihatning 8tasi bo‘yicha peshqadam. Bu esa, "sherlar" namoyish etayotgan o‘yin sifati ham boshqalardan ajralib turganini isbotlaydi.

Umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Paxtakor" 245, "Nasaf" 222 va "Bunyodkor" 212 ball to‘plagan. Beshlikka 210 ball egasi "Lokomotiv", 209 ochko bilan AGMK ham kirgan. O‘rtacha gol urish borasida "Paxtakor"ning ko‘rsatkichi bir o‘yinga 3,2tadan to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan biror jamoa ko‘rsatkichi o‘rtacha 2ta golga etmagan. "Nasaf" 1,89ta, "Bunyodkor" 1,67ta to‘p kiritgan. Beshlikda AGMK (1,48 gol) va "Qo‘qon-1912" (1,47 gol) joylashgan.

Bir o‘yinda yaqqol golli imkoniyatlarni "Paxtakor" har bellashuvda o‘rtacha 9tadan sodir etmoqda. "Nasaf" va "Bunyodkor" 6tadan golli vaziyat yaratmoqda. "Lokomotiv" 5,7ta, AGMK esa 4,9ta imkoniyatga ega bo‘lmoqda. Darvozaga aniq zarba berishda Shota Arveladze shogirdlari o‘rtacha 8tadan ko‘rsatkich qayd etgan. "Nasaf" 7ta, "Bunyodkor" 6ta, "Lokomotiv" 4,7ta va "So‘g‘diyona" 4,3tadan zarba bilan dastlabki besh o‘rinda turibdi. Mavsum davomida "Paxtakor" raqiblari darvozasiga jami 389ta zarba bergan va ularning 176tasi darvozaga to‘g‘ri borgan. Aniq zarbalardan 71tasi golga aylangan.

"Paxtakor" bir o‘yinda o‘rtacha 6tadan (jami 136ta) burchak zarbasini amalga oshirgan. Keyingi klublarda bu borada ko‘rsatkich shunday: "Nasaf" - 5,6ta, "Bunyodkor" va "So‘g‘diyona" 5,3tadan, "Metallurg"da 4,6ta.

"Paxtakor" futbolchilari bir o‘yinda 655 marta to‘pni bir-birlarga aniq etkazib bermoqda. Aniqlik ko‘rsatkichi 88 foizga teng. "Bunyodkor"da 518 uzatma (86%), "Nasaf"da 425 (82%), AGMKda 410 (82%) va "Lokomotiv"da 405 uzatma (82%) mavjud. Eng yaqin ta’qibchi bilan o‘rtacha uzatmalar miqdoridagi farq 138tani tashkil etmoqda.

Hal qiluvchi uzatmalarni amalga oshirishda "sherlar"ning o‘rtacha ko‘rsatkichi 5,1tani tashkil qilgan. Ushbu jihat bo‘yicha "Bunyodkor" 3,6ta, "Lokomotiv" va "Nasaf" 3,4ta, "Metallurg" 3ta uzatma ko‘rsatkichiga ega.

Krosslarning o‘rtacha soni bo‘yicha ham Arveladze jamoasi peshqadam. Bir bahsga aniq 6ta shunday uzatma to‘g‘ri kelgan. Aniq ko‘rsatkich 31 foizdan iborat. AGMK 4,7ta, "Lokomotiv" 4,5ta, "Andijon" 4,4 va "Nasaf"da 4,2tadan krosslarni bir bellashuvda amalga oshirgan.

Raqibni aldab o‘tish va ortda qoldirish borasida bir o‘yindagi miqdor "Bunyodkor"da yaxshiroq, ammo foiz, ya’ni samaralilik borasida "Paxtakor" ustunlikka ega. "Paxtakor"da uchrashuvga o‘rtacha 18ta (67% muvaffaqiyatli), "Bunyodkor"da 20 (64%), "Nasaf" va "Navbahor"da 15 (57%) hamda "Andijon"da 15 (56%) ko‘rsatkich to‘g‘ri kelgan.

Umumiy kurashlarda "Andijon" (o‘rtacha 87tadan, 49%), himoyadagi kurashlarda "Nasaf" (o‘rtacha 50tadan, 57%) va havodagi kurashlarda "So‘g‘diyona" (o‘rtacha 32tadan, 52%) eng yaxshi natijalarni qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Zulfiqarov Husanboy
09/11/2020 17:35
Kimga kerak bu? Superligada g'alaba qozonishmas, xalqaro maydonda hech bolmasa yarm finalga chiqish kerak. Uzbda hakamlar bor raxbariyat bor chempion bolish hech nima emasku. Ko'rdik hakamlar Eron klubiga yon bosganda paxtakorni axvolini qolidan hech narsa kelmadiyu. Hullas hakami bomasa hech kimmas,
SHAXBOZ BEKMURODOV
09/11/2020 19:04
Soxtakorlar