"Paxtakor" bugun chempionlikka erishsa, kubok topshiriladimi? - Diyor Imomxo‘jaev javob berdi

  • 05.11.2020 16:18
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Bugun Superliga 18-turdan qoldirilgan "Bunyodkor" — "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 17:00da boshlanadi.

Agar "sherlar" zafar quchsa, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtiradi. Ammo bugun Shota Arveladze shogirdlariga kubok topshirilmaydi. Bu haqda PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida xabar berdi.

- Bugun 17:00 da Toshkent derbisi bor: "Bunyodkor" — "Paxtakor".

Chempionlar ligasi sabab, yo‘qotilgan turlarini bugun "Paxtakor" qolganlar bilan tenglashtirib oladi. Va bugun Shota Arveladze jamoasi zafar quchsa, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtiradi.

photo_2019-11-04_14-19-27

Kelishuvga ko‘ra, "Paxtakor"ga kubok topshirish marosimi katta ehtimol bilan FIFA kunlaridan keyingi 23-turda bo‘lib o‘tadi. 20 noyabr kuni "Paxtakor" mazkur tur doirasida "Qo‘qon-1912" klubini qabul qiladi. Agar "Paxtakor" kerakli ochkolarni shu ikki o‘yinda jamg‘ara olmasa, kubok topshirish marosimi, tabiiyki surilib boraveradi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

photo_2019-10-03_17-42-44

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
05/11/2020 19:23
Пахтакорни чемпионлиги кимга керак йил бошида аник булганку бу сафсаталаринг