
"Paxtakor" futbolchilarining Superliga-2023dagi statistik ko‘rsatkichlari
2023 yilgi mavsumda chempionat o‘yinlarida "Paxtakor" safida jami 31 nafar futbolchi maydonda harakat qildi.
Sardor Sobirxo‘jaev va Doston Hamdamov eng ko‘p bellashuvda maydonga tushishdi. Ular 25tadan o‘yinda maydonda bo‘lishdi.
Maydonda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan futbolchi esa Hojiakbar Alijonov bo‘ldi. U 2062 daqiqa davomida harakatlangan. 14 nafar o‘yinchi kamida 13 va undan ko‘p uchrashuvda maydonga tushirilgan.
Dragan Cheran 13 gol bilan to‘purarga aylangan bo‘lsa, Aziz Turg‘unboev Superligada 5 to‘p kiritib, jamoamizning ikkinchi to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar