
"Paxtakor" legioneriga Qozog‘iston klubi ko‘z tikmoqda
“Paxtakor” klubidagi legionerlarni bilsangiz kerak. Yozda jamoa safiga qo‘shilgan polshalik hujumchi Pshemislav Banashak “Paxtakor” bilan xayrlashadimi?
26 yoshli futbolchi “Sherlar” tarkibida 8 ta o‘yinda 3 ta gol muallifiga aylangandi. Ma’lum bo‘lishicha, unga Qozog‘istondan taklif bor.
Aniqrog‘i, “Atirau” klubi Banashakning xizmatiga ko‘z tikib turibdi. Agar muzokaralar ijobiy ko‘rinish olsa, futbolchi faoliyatini Qozog‘istonda davom ettirishi ham mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar