"Paxtakor" o‘rtoqlik uchrashuvida "Metallurg"dan ustun keldi

  • 24.09.2022 19:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanayotgan jamoalar o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

Amaldagi chempion "Paxtakor" o‘z maydonida "Metallurg" bilan bahs olib bordi. O‘yin poytaxtliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Sherlar"ning polshalik hujumchisi Pshemislav Banashak dubl qayd etdi, Dragan Cheran bir marotaba darvozani ishg‘ol etdi. Bunga bekobodliklar Abdumannonovning goli evaziga bir marta javob qaytardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!