
"Paxtakor" sobiq futbolchisi Husanov qaysi jamoaga o‘tgani yaxshiroqligini aytdi
"Paxtakor" sobiq futbolchisi va sobiq sport direktori Jafar Irismetov "Manchester Siti"ning Abduqodir Husanovga qiziqishi haqida fikr bildirdi.
"U juda tez rivojlanmoqda va "Lans" hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi o‘yinlari bilan Evropaning top klublaridan birida o‘ynashga tayyor ekanligini isbotlamoqda. Albatta, "Siti" futbolchilarni yanada rivojlantira oladigan klub. U erda dunyoning eng yaxshi murabbiyi ishlaydi, deyish mumkin. Agar "Real" yoki "Siti"ni tanlashga to‘g‘ri kelsa, unga ikkinchisiga o‘tishni maslahat bergan bo‘lardim.
Angliyada "Siti"ni qo‘llab-quvvatlayman. Agar Husanov "shaharliklar" safiga o‘tsa, uni shu klub libosida ko‘rganimdan juda xursand bo‘laman", - dedi Irismetov "Metaretings.ru" saytiga.
20 yoshli Husanov "Lans" safida 31 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" futbolchining bozor narxini 12 million evroga baholamoqda.
Fikrlar