
"Paxtakor" ustozi: "Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik chiqmadi"
"Paxtakor" - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiy Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik chiqmadi. Oxirgi paytlarda ketma-ket qiyin bahslar o‘tkazdik. Ko‘plab futbolchilar dam olmasdan maydonga tushmoqda. Shu sababli bugun o‘zgarishlar qildik, ba’zi o‘yinchilarga dam berdik. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik va bir necha imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, natijada yutuq keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldik.
Navbatdagi turga odatdagidek hozirlik qilamiz. Bu chempionat bellashuvi bo‘ladi, kubok finaligacha vaqt bor. Hech narsani berkitib o‘ynamaymiz, chunki mavsum davomida barcha bir-birini o‘rganib boradi".
Fikrlar