
"Paxtakor" yarim himoyachisi legionerga aylanyaptimi?
"Paxtakor" markaziy yarim himoyachisi Behruz Asqarov "Rostov"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. "Sherlar" bosh direktori Dmitriy Adisman bu xabarlar qanchalik rostligi haqida gapirdi.
"Asqarov bo‘yicha hozircha hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. "Rostov" biz bilan bog‘lanmadi va hech qanday taklif ham bildirgani yo‘q", - deya Adismanning so‘zlarini keltiradi Sport24.
21 yoshli futbolchining poytaxtliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali uni 350 ming evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Asqarov barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar