“Paxtakor” – “Buxoro”: O‘zaro o‘yinlarda ustunlik kim tomonda?
Bugun Andijondagi “Bobur Arena” stadionida O‘zbekiston kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrin uchun Toshkentning “Paxtakor” hamda “Buxoro” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu ikki jamoa bungacha 27 marta maydonda to‘qnash kelgan. Ulardan 21 tasida “sherlar” g‘alaba qozongan, 2 uchrashuvda esa buxoroliklar zafar quchgan. Qolgan 4 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati ham toshkentliklar foydasiga — 64:10.
“Paxtakor” safida “Buxoro” darvozasiga eng ko‘p gol urgan futbolchi — Igor Sergeev. Hujumchi ushbu raqibga qarshi o‘yinlarda jami 12 ta gol kiritgan.
Ma’lumot uchun, final uchrashuvi bugun soat 18:30 da start oladi.
Fikrlar