“Paxtakor”da porlagan to‘purar Shomurodovning raqobatchisiga ishonmayapti

  • 20 may, 2020, 03:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Mustaqillikning dastlabki yillarida “Paxtakor” tarkibida porlagan toshkentlik to‘purar Valeriy Kechinov (38 ta uchrashuvda 30 gol urgan) keyinchalik faoliyatini Moskvaning “Spartak” jamoasida muvaffaqiyatli davom etirgan edi.

Tecno

Mashhur hujumchi qishki mavsumda “Krilya Sovetov” jamoasidan “Spartak”ka ijaraga olingan bu yilgi premer-liganing to‘purarlaridan biri Aleksandr Sobolevning imkoniyatlariga ishonmayapti. Kuni kecha, Moskva klubi hujumchining transferini sotib olgandi. Shundan so‘ng Kechinov o‘z fikrini bildirdi. 

- Sobolev qisqa muddat ichida “Spartak” rahbariyatiga zo‘rligini isbotlagandir. Lekin “Krilya Sovetov”da to‘p surish boshqa, “Spartak”da o‘ynab ketish umuman boshqa daraja. U “Spartak”da hali birorta gol urolmadi, - dedi sobiq "paxtakorchi".

Aleksandr Sobolev  samaraliklar tarkibida 18 ta o‘yinda 10 ta gol urib, to‘purarlar bahsida Eldor Shomurodov va Artyom Dzyuba bilan raqobatlashayotgan edi.

maxresdefault_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bahram
20/05/2020 12:38
Tezroq futbol qaytsa yaxshi bolardi. Odam zerikib oldi futbolsiz