
"Paxtakor"ga qarshi o‘yinda "Andijon"ni "Navbahor" va "Neftchi" klubi muxlislari ham qo‘llab-quvvatlaydi
Bugun Superligada 9-tur o‘yinlari start oladi. Kun doirasidan "Andijon" - "Paxtakor" bahsi o‘rin olgan. Ushbu bellashuv Andijondagi "Sog‘lom avlod" stadionidagi texnik nosozliklar tufayli Farg‘onadagi "Istiqlol" o‘yingohiga ko‘chirildi.
E’tiborlisi, bugun "Andijon"ni "Paxtakor"ga qarshi bellashuvda "Navbahor" va "Neftchi" klubilarining muxlislari ham bevosita stadiondan qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qilishdi.
Ma’lumot o‘rnida, uchrashuv 18:30da start oladi.
Fikrlar