
"Paxtakor"ga Slaven Bilich kelishi rostmi? Klub mutasaddisi javob berdi
Xabaringiz bor, kuni kecha "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze klub bilan xayrlashib, murabbiylar shtabi bilan Toshkentni tark etgandi. Shundan so‘ng, tezkor ravishda ijtimoiy tarmoqlarda uning o‘rniga APLning bir qator klublarida faoliyat olib borgan xorvatiyalik sobiq futbolchi Slaven Bilich murabbiylikka olib kelinishi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.
Ushbu gap-so‘zlar haqiqatga qanchalik yaqinligini bilish uchun klub matbuot kotibi Behzod Nazarovga murojaat qildik.
- Ayni paytda bu kabi gap-so‘zlarni o‘rinli, deb bo‘lmaydi. Shota Arveladzening klubimiz bilan 31-dekabrgacha amal qiladigan shartnomasi bor. Rahbariyat hozircha yangi murabbiy olib kelish ishlarini muhokama qilmayapti", - dedi "Paxtakor" matbuot kotibi.
Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzating!
Fikrlar