"Paxtakor"ni muhim o‘yin kutmoqda. Bo‘lajak uchrashuv oldidan statistika qanday?

  • 28 sentabr, 2023, 06:45
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" bir oylik tanaffusdan keyin Superligada uy o‘yinida 28 sentyabr kuni AGMKni qabul qilishadi. "Paxtakor" matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Hozirga qadar chempionatlar tarixida jamoalar 31 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. 23 bellashuvda "sherlar" g‘alaba qozongan. 4 bahsda durang qayd etilgan bo‘lsa, 4 marta Olmaliq klubi zafar quchgan. Toshkentliklar 56 to‘p kiritib, 17 gol o‘tkazib yuborgan. 7 muvaffaqiyatni "Paxtakor" yirik g‘alaba bilan qo‘lga kiritgan. Poytaxtda kechgan 15 o‘yinning 10tasida mezbonlar ustun kelgan. 4 to‘qnashuvda durang qayd etilib, bir bor olmaliqliklar g‘alaba qozongan. "Paxtakor" raqib bu jamoa darvozasiga uyda 27 gol urgan holda 12 to‘p o‘tkazib yuborgan.

"Paxtakor" va AGMK jamoalari o‘rtasidagi 20-tur o‘yini 28 sentyabr, payshanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тулкин Гуломов
28/09/2023 09:36
Нима бўлса хам Пахтакор "пойтахт" жамоаси ўйин "0" бўлса хам ютиши керак. Уларга ғирромлик билан қозонилган ғалаба хам бўлаверади (уятиш йўқ)
&
muhammadrizoturgunov070@gmail.com
28/09/2023 06:57
Qanaqa muhim uchrashuv paxtakor uynap bersa buldi qolganini sudiyalar xal qiberishadi yug' joydan penalti quy berip urilgan gollarni otmen qilip sudiyalarimiz bor bulishsin sudyalar bor ekan paxtakor champion