"Paxtakor"ning rasmiy uchrashuvlari soni 2,5 mingdan oshdi

  • 27 aprel, 2020, 21:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" klubining o‘z tarixida o‘tkazgan rasmiy o‘yinlari soni 2506 taga etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

“Paxtakor” tarixidagi barcha rasmiy uchrashuvlarning statistikasi muxlislar uchun turli musobaqalarda ko‘rsatkichlar qanday ko‘rinish olganini bilib olishga ko‘mak beradi. Hozircha eng ko‘p o‘yin SSSR chempionatida o‘tkazilgan – 1242ta. Eng ko‘p g‘alaba esa milliy chempionatimizda qo‘lga kiritilgan – 567 marta. Raqib darvozasiga gol urish borasida "sherlar" O‘zbekiston chempionatida yaqqol rekordchi hisoblanishadi – 1867ta gol.

Ayni paytga qadar jami 2506 rasmiy uchrashuvda “Paxtakor” maydonga chiqqan. Ularda 1247 g‘alaba, 561 durang va 698 mag‘lubiyat qayd etilgan. Raqib darvozasiga urilgan umumiy gollar soni 4328 taga etgan.  2818 to‘p o‘tkazib yuborilgan. 

Musobaqalar bo‘yicha alohida ko‘rsatkichlar bilan jadval orqali tanishib olishingiz mumkin:

888

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!