
Pepe finalda Portugaliyaga yordam berolmaydi
Xabaringiz bor Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepe Kecha UEFA Millatlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan Shveytsariyaga (3:1) qarshi bahsda jarohat olgan edi.
Mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy saytining xabar berishicha 36 yoshli futbolchi bugun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra erga noto‘g‘ri yiqilgan Pepe kuragini sindirib olgan. U ayni damda terma jamoa qarorgohini tark etgan va 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan finalda ishtirok etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya finalda bugun bo‘lib o‘tadigan Gollandiya va Angliya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar