Peres nega Xamesni "Atletiko"ga sotmoqchi emas?

  • 29 iyul, 2019, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodrigesni "Atletiko"ga o‘tib, muvaffaqiyatga erishishidan cho‘chimoqda.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra aynan mana shuning uchun ham “qirollik klubi”dagilar uni “matraschilar”ga emas, balki “Napoli”ga sotishni ko‘zlashmoqda.

Ta’kidlash kerakki, “Atletiko” mavsumlar oralig‘ida shundoq ham “Real”ning ikki nafar tarbiyalanuvchisi - Markos Lorente va Mario Ermosolarni tarkibga qo‘shib oldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” vingeri Marko Asensio uzoq muddatga safdan chiqqach, madridliklar Xamesni jamoada olib qolishlari mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!