"PFL Road to Dubai" turniri: Usmon Nurmagomedov Alfi Devisdan og‘irroq chiqdi

  • 07.02.2026 10:16
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Bugun BAAning Dubay shahrida PFL turniri bo‘lib o‘tadi. Oqshomning markaziy to‘qnashuvida engil vazn toifasida amaldagi chempion Usmon Nurmagomedov va 2025 yilgi Gran-pri sohibi Alfi Devis o‘zaro oktagonga ko‘tarilishi belgilangan.

Musobaqadan oldidan barcha sportchilar rasmiy vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Quyida natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Engil vaznda chempionlik jangi:
Usmon Nurmagomedov (70,3 kg) – Alfi Devis (70,1 kg);

Yarim o‘rta vaznda chempionlik jangi:
Ramazan Kuramagomedov (77,1 kg) – Shamil Musayev (77,0 kg);

Yarim engil vazn:
Xesus Pineda (65,8 kg) – Salamat Isbulayev (65,4 kg);

Yarim o‘rta vazn:
Abdul Abduragimov (77,2 kg) – Kendli Sent Luis (77,5 kg);

O‘ta engil vazn:
Edgars Skrivers (61,3 kg) – Renta Xavalov (61,7 kg);

O‘ta engil vazn:
Teylor Lapilus (61,5 kg) – Kasum Kasumov (61,7 kg);

Og‘ir vazn:
Puyya Raxmani (113,4 kg) – Karl Uilyams (116,2 kg);

Engil vazn:
Amin Ayub (70,4 kg) – Makkasharip Zaynutkov (70,7 kg);

Yarim og‘ir vazn: 
Xabib Nabiev (93,1 kg) – Ahmed Sami (93,1 kg);

Engil vazn:
Amru Magomedov (70,6 kg) – Kolton Englund (70,6 kg).

Ushbu turnir O‘zbekiston vaqti bilan soat 19:00 start oladi. Asosiy kard 22:00 da boshlansa, markaziy bahs 00:00 lar atrofida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!