
PFL taqvimining bo‘yalmagan joyi qolmadi. “Qo‘qon-1912” - “Lokomotiv” o‘yini Toshkentga ko‘chirildi. O‘yin sanasi ham o‘zgardi
Ayni vaqtda Qo‘qon shahridagi stadionda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Shu sababli “Qo‘qon-1912” klubi o‘zining uy uchrashuvlarini Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazib kelyapti.
Qo‘qonliklar Superliganing 7-turi doirasida “Lokomotiv”ni qabul qilishi kerak edi. Mazkur bellashuv ikki tomon kelishuviga ko‘ra, Toshkentda o‘tadigan bo‘ldi. “Temiryo‘lchilar” ikkinchi davra o‘yinini safarda o‘tkazadi. Oldinroq ushbu bahs 3 may kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tishi belgilangandi.
Shu tariqa uchrashuv 2 may kuni “Lokomotiv” stadionida 18:30da start oladi. Avvalroq “Paxtakor” — “Metallurg” o‘yini 1 may kuni bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Mazkur o‘zgarishlar Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan klublarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
7-tur
1 may, chorshanba
18:30 PAXTAKOR — METALLURG
2 may, payshanba
18:30 LOKOMOTIV —QO‘QON-1912
4 may, shanba
17:30 NAVBAHOR — SO‘G‘DIYoNA
19:45 BUXORO — NASAF
5 may, yakshanba
17:20 ANDIJON — DINAMO
17:30 AGMK — SURXON
19:45 QIZILQUM — BUNYoDKOR
Fikrlar