Pike "Borussiya"ga qarshi o‘ynamaydi!
Ayni damda Evropa Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan "Barselona" va "Slaviya" o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tmoqda. Bahs davomida "Barsa" himoyachisi Jerar Pike sariq kartochka ishlab oldi.
Bu 32 yoshli futbolchi uchun ChLning joriy mavsumidagi 3-sariq kartochka bo‘ldi. Shuning uchun, himoyachi kataloniyaliklarning 27 noyabrda "Kamp Nou"da "Borussiya" D klubiga qarshi kechadigan bahsni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar