Pirlo "Yuventus" yoki Italiya terma jamoasida ish boshlashi mumkin
Kecha futbolchilik faoliyatini yakunlagan Andrea Pirlo Turinning “Yuventus” klubi tizimida ish boshlashi mumkin.
La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati 38 yoshli sobiq futbolchiga jamoa elchisi bo‘lishni taklif qilgan.
Shuningdek, Pirloning xizmatlariga Italiya terma jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. Ular Pirlodan JCh-2018 paytida terma jamoaga hamrohlik qilishni so‘rashmoqda.

Fikrlar