
Pirs Morgan: Ronaldu o‘zini eng yaxshisi deb hisoblasa-da, Messini har doim hurmat qiladi
Taniqli jurnalist Pirs Morgan 3 yil avval Ronaldu bilan bo‘lib o‘tgan intervyuda aytilmagan gaplar haqida aytib berdi.
"Men Krishtianu bilan juda qiziqarli suhbat qildim, birinchi intervyudan so‘ng ya’ni uch yil avval u bilan kechki ovqatda bo‘ldik. Juda ajoyib suhbat bo‘ldi, men uni shaxs sifatida ham juda yoqtiraman.
Messi haqida juda hurmat bilan gapirdi va men undan "Siz ko‘rgan eng yaxshi futbolchi kim? deb so‘radim.
Ronaldu Messi deya javob berdi. Bunga qo‘shimcha sifatida, siz noto‘g‘ri savol beryapsiz. Sababi, siz mendan eng yaxshi futbolchi kimligini emas, balki boshqa narsani so‘rashingiz kerak edi. Axir u hech qachon o‘z o‘yinini jonli tomosha qilmagan, deya gapirdi. Bu gap esa meni kuldirib yubordi.
Messi va Ronaldu 18-19 yil davomida o‘zining eng yaxshi versiyasini ko‘rsatdi. Bu ularning ajoyib fidoyiligi, mislsiz jismoniy tayyorgarligi va albatta, ularning bir-biriga ta’siri sababli yuzaga kelgan. Ikki yulduz ham bir-birini yanada yuqori marralarga etakladi.
Messi va Ronaldu o‘rtasidagi raqobat sport tarixidagi eng buyuk raqobatlardan biridir" – dedi mashhur jurnalist.
Fikrlar