Pochettino: "Argentina hamda PSJni solishtirish qiyin"

  • 16.12.2022 23:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Maurisio Pochettino Lionel Messi, Neymar hamda Kilian Mbappening PSJdagi o‘yini haqida gapirdi. 

"Argentina terma jamoasi hamda PSJNi solishtirish qiyin. Klubda Kilian Mbappe hamda Neymarga ham erkinlik berish kerak. Ular o‘zlarini yulduzdek his qilishi muhim, xuddi Messi kabi. Ba’zan boshqa futbolchilar ularning qay biri uchun o‘ynash kerakligini tushunmay qoladi. 

Ularning uchalasi maydonda bo‘lgan payt aqlbovar qilmas voqealar sodir bo‘lishi mumkin. Biroq muvozanatni saqlash oson emas", - dedi PSJ sobiq ustozi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!