
Pochettino: "Arsenal" - "Tottenxem" bahsida favorit yo‘q
“Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APLning 12-turida “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan London derbisi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Arsenal” – ajoyib jamoa, shaxsan men uchun ushbu derbida favorit yo‘q. Ammo, ushbu o‘yin har ikkala jamoa muxlislari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jamoalar qaysi o‘rinlarda borayotganidan qat’iy nazar derbi muhimligicha qoladi va ushbu o‘yinda har qanday voqealar sodir bo‘lishi mumkin”, - deydi Pochettino.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” hamda “Tottenxem” klublari o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
Fikrlar