Pochettinonning qarori bahsga sabab bo‘ldi: Futbolchilar xabarni pochta orqali oldi

  • 27.05.2026 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSh terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilar bu xabarni WhatsApp guruhi orqali Pocettinoning video murojaatini qabul qildi. Keyinchalik ularga elektron xat ham yuborildi. Terma jamoaga kiritilmagan futbolchilar esa faqat elektron pochta orqali xabardor qilindi.

Pocettinoning aytishicha, video murojaatning maqsadi futbolchilarni ruhlantirish emas, balki tarkib haqida rasmiy ma'lumot berish bo‘lgan.

- Bu ularni ilhomlantirish uchun emasdi. Bu tarkibni ma'lum qilish uchun qilingan edi, - dedi murabbiy Nyu-Yorkdagi tarkib taqdimoti marosimida.

Terma jamoaga chaqirilmagan futbolchilar haqida gapirar ekan, Pocettino rasmiy musobaqa bo‘lgani uchun muloqot uslubi o‘zgarmasligini ta'kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u tarkibdan chetda qolgan futbolchilarning his-tuyg‘ularini yaxshi tushunadi, ammo bu paytda ular undan gap eshitishni istamaydi.

AQSh terma jamoasining sobiq futbolchisi va ESPN sharhlovchisi Herkules Gomez esa futbolchilarni tarkibga kirmagani haqida elektron xat orqali xabardor qilish qarorini qattiq tanqid qildi.

- Agar bu rost bo‘lsa, juda shafqatsiz qaror, - dedi Gomez.

Pocettinoning tarkibi Nyu-York shahridagi Pier 17 majmuasida jahon chempionatining rasmiy translatori bo‘lgan Fox Sports tomonidan taqdim etildi.

Marosim musobaqaning norasmiy ochilishi sifatida baholandi. Biroq hafta oxirida tarkibning to‘liq ro‘yxati internetda tarqalib ketgani tadbir ta'sirini biroz pasaytirdi.

Tarkibga kiritilgan futbolchilarning yarmi 2022 yildagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Ulardan sakkiz nafari hozirda Major League Soccerda to‘p surmoqda. Jamoadagi barcha darvozabonlar ham MLS vakillari hisoblanadi. Shuningdek, 15 nafar futbolchi faoliyatining ma'lum qismini ichki chempionatda o‘tkazgan.

Pocettino tarkibni shakllantirish bo‘yicha qarorlarini ham himoya qildi. Uning aytishicha, yakuniy qarorlar tarkib e'lon qilinishi arafasida qabul qilingan.

Rasmiy ro‘yxatlar FIFAgа 1 iyun kuniga qadar topshirilishi kerak. Biroq jamoalar birinchi o‘yindan bir kun oldingacha jarohatlar sabab o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.

Jurnalistlar terma jamoaga chaqirilmagan Tenner Tessman haqida so‘raganida, Pocettino bu mavzuni muhokama qilishni istamadi.

- Tarkibga kirgan futbolchilarga nisbatan hurmatsizlik bo‘ladi, - dedi murabbiy.

Argentinalik mutaxassis o‘zi ham bir vaqtlari jahon chempionati tarkibidan chetda qolganini esladi.

- Shuning uchun bu qanchalik og‘riqli ekanini yaxshi bilaman. Bu qarorni qabul qilish men uchun ham juda og‘ir bo‘ldi. Ammo bu  mening vazifam, - dedi Pocettino.

Terma jamoa sardori Tim Rim esa jurnalistlarga tarkibga kimlar kiritilgani unchalik ahamiyatli emasligini aytdi.

- Hamma jamoadan nimalar kutilayotganini yaxshi biladi, - dedi u.

Guruh bosqichida AQSh 12 iyun kuni Paragvayga qarshi Los-Anjelesda, 19 iyun kuni Avstraliyaga qarshi Sietlda va 25 iyun kuni Turkiya bilan yana Los-Anjelesda maydonga tushadi.

Bu yil FIFA chempionatni kengaytirib, ishtirokchilar sonini 48 taga, o‘yinlar sonini esa 104 taga yetkazdi. Shuningdek, ilk bor 1/16 final bosqichi ham joriy etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!