
Portugaliya, Italiya va yana 10 ta terma jamoa qay tartibda JCh-2022 yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi?
Evropada JCh-2022 saralashi doirasida o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallagan o‘nta jamoa, shuningdek, Millatlar ligasining 2020/21 yilgi mavsumi umumiy reytingi asosida tanlangan ikkita jamoa pley-off bosqichida ishtirok etadi.
Qur’adan keyin o‘n ikkita terma jamoa uch guruhga bo‘lingan holda, JCh-2022 yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Pley-off bosqichi yarim final va final o‘yinidan iborat bo‘ladi. Rossiya hamda Ukraina ushbu bosqichda uchrasha olmaydi.
Quyida ikki savatchadan o‘rin olgan terma jamoalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin!
Ma’lumot o‘rnida, ushbu saralash bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi shu yilning 26 noyabr sanasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar