
Portugaliyada JCh pley-off bosqichidan oldin jiddiy yo‘qotish bor
Portugaliya terma jamoasining asosiy himoyachilaridan biri Pepeda koronavirus aniqlandi. Uning so‘nggi topshirgan testi ijobiy chiqqan, deya xabar berdi "Goal.com" nashri.
Shu tariqa, futbolchi Portugaliyaning Turkiyaga qarshi JCh pley-off bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Sababi, u bu paytda karantinda bo‘ladi.
Shuningdek, avvalroq himoyachi Ruben Diash ham terma jamoa qaydnomasiga kiritilmagandi. Unda jarohat borligi aytilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Portugaliyaning Turkiya bilan bahsi 24-dan 25 martga o‘tar kechasi 00:45da start oladi.
Fikrlar