Poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi
“Universal” sport saroyi majmuasida o‘tkaziluvchi ushbu musobaqa Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab ham tashkil etilmoqda. Ochiq kubok bo‘lgani uchun musobaqada Osiyo qit’asidan tashqari boshqa mamlakat dzyudochilari ham ishtirok etishlari mumkin. Bu haqda O‘zbeksiton Dzyudo Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rejaga ko‘ra, Osiyo Ochiq Kubogida o‘ndan ziyod davlatdan sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda. Hozirda nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiluvchi dzyudochilarimiz mashg‘ulotlarga zo‘r berishgan.



Fikrlar