Premer-ligadan Chempionshipga tushib ketgan ilk jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

  • 13 may, 2023, 22:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 36-turidan o‘rin olgan "Sautgempton" - "Fulxem" bahsi mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Mazkur bellashuvdan keyin "avliyolar" turnirda 24 ochko bilan 20-o‘rinda qoldi.

Tecno

"Sautgempton" 17-o‘ringa chiqib olishi uchun 8 ochko kerak bo‘ladi. Ammo Premer-liga yakunlanishiga 2 tur qoldi. Agarda jamoa ikkala o‘yinda g‘alaba qozongan taqdirda ham, xavfli zonadan chiqib keta olmaydi. 

Klub mavsum davomida 2 ta murabbiyni o‘z ishidan oldi. Bundan tashqari, sport direktori ham iste’foga chiqarildi. Top klublarga ajoyib futbolchilarni etishtirib bergan "Sautgempton" 11 yildan so‘ng Chempionshipga qaytmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!