
Prevyu. "Buxoro" - OKMK
Xabaringiz bor, “Buxoro” bu yilgi mavsumning so‘ngi uy uchrashuvida OKMK klubi bilan bellashadi.
O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, kichik ustunlik Mirjalol Qosimov shogirdlari tomonida.
Ushbu jamoalar shu kunga qadar umumiy hisobda 25 marotoba to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 11 tasida “konchilar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 9 bahsda “Buxoro” jamoasi g‘alaba qozongan, qolgan 5 o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik raqiblarimiz foydasida 43:29
Buxoroda bo‘lib o‘tgan so‘ngi 5 ta uchrashuvda quyidagi hisoblar qayd etilgan:
29.08.20 BUXORO 2:2 OKMK
30.11.19 BUXORO 2:1 OKMK
19.04.18 BUXORO 4:2 OKMK
04.03.17 BUXORO 1:0 OKMK
04.03.16 BUXORO 2:0 OKMK
“Buxoro” matbuot xizmati.
Fikrlar