
Prevyu. "Neftchi" - "Surxon"
Superliganing 11-tur bahsida "Neftchi" Termizning "Surxon" klubini qabul qiladi. Vohalik raqib 1968 yilda tashkil topgan. Milliy chempionatimizda 1992 yilda debyut qilgan jamoa shu yili oxirgi o‘rinni egallab, Oliy ligani tark etishga majbur bo‘ldi. Lekin bir yil o‘tgach, yana kuchlilar safiga kelib qo‘shilgan termizliklar 2004 yilga qadar Oliy ligada to‘p surishga muvaffaq bo‘ldi. 2005-2018 yillar oralig‘ida jamoa birinchi liga va Pro liga musobaqalarida ishtirok etib, 2019 yilda Superligaga qaytgan "Surxon" jamoasi hozirgi kunda Surxondaryo viloyatining yagona vakili sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
"Neftchi" jamoasi "Surxon" klubi bilan milliy chempionatimiz doirasida o‘zaro 28 marta to‘qnashgan. Shundan 20 tasida "Neftchi" ustunlik qilgan, 7 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va faqat bitta bellashuvda "Surxon" jamoasi g‘alaba qozongan. "Neftchi"ning o‘zaro qarama-qarshilikdagi eng yirik g‘alabasi 5:0 ko‘rinishida qayd etilgan. Umumiy to‘plar nisbati 71-22 farg‘onaliklar foydasiga.
Farg‘onada kechgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:
22.10.2023.
"Neftchi"-"Surxon" 1:1
12.11.2022.
"Neftchi"-"Surxon" 3:0
19.06.2004.
"Neftchi"-"Surxon" 3:0
19.04.2003.
"Neftchi"-"Surxon" 2:0
17.10.2002.
"Neftchi"-"Surxon" 4:0
"Neftchi" matbuot xizmati.
Fikrlar